28/05/2026
Ezgu qadriyatlar e’tiborda: xodimlar va faxriylar holidan xabar olindi
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan muborak Qurbon hayiti munosabati bilan ichki ishlar organlarida fidokorona xizmat olib borayotgan xodimlar, shuningdek, uzoq yillar davomida tizimda samarali faoliyat yuritib, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriylar holidan xabar olindi.
Tashriflar davomida faxriylar hamda xodimlarga bayram tabriklari yetkazilib, ularga ehtirom va yuksak hurmat ko‘rsatildi. Shuningdek, xizmat faoliyati davomida samarali mehnat qilgan faxriylarning ko‘p yillik tajribasi, fidoyiligi va bugungi yosh xodimlar uchun o‘rnak bo‘layotgani alohida ta’kidlandi.
Yurtimizda inson qadri ulug‘lanib, mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik kabi ezgu qadriyatlarni keng targ‘ib etish yo‘lida amalga oshirilayotgan bunday ezgu ishlar xalqimizning milliy va ma’naviy qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.