Официальная страница АО "O'ztemiryo'lyo'lovchi"

Официальная страница АО "O'ztemiryo'lyo'lovchi" АО «O'ztemiryo'lyo'lovchi» создавалось для кардинального улучше

✅ Ijtimoiy tarmoqlarda onlayn chipta xarid qilish tizimi ishlamayotgani haqida turli xabarlar tarqalmoqda.Ma’lum qilamiz...
02/03/2026

✅ Ijtimoiy tarmoqlarda onlayn chipta xarid qilish tizimi ishlamayotgani haqida turli xabarlar tarqalmoqda.

Ma’lum qilamizki, onlayn chipta xarid qilish tizimi odatdagi tartibda ishlamoqda, texnik nosozliklar mavjud emas.

Agar sayt orqali xarid jarayonida muammo yuzaga kelayotgan bo‘lsa, internet tarmog‘ingizni qayta tekshirishingiz, sahifani yangilashingiz hamda boshqa brauzer yoki qurilma orqali qayta urinib ko‘rishingizni so‘raymiz.

Zarurat bo‘lgan taqdirda, biroz vaqt o‘tgach tizimga qayta kirib ko‘rishingiz tavsiya etiladi.

Elektron chiptalar boʻyicha: ushbu linkka yozishingiz yoki +998 99 190 50 05 raqamlariga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

🗓 14-fevral — buyuk shoir, mohir sarkarda va yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.Bobur Mir...
14/02/2026

🗓 14-fevral — buyuk shoir, mohir sarkarda va yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Bobur Mirzo o‘zining serqirra faoliyati, mustahkam iroda va yuksak tafakkuri bilan tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin egallagan. U nafaqat markazlashgan davlat barpo etgan sarkarda, balki nozik didli ijodkor sifatida ham mumtoz adabiyotimiz ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan.

Zahiriddin Muhammad Bobur nomi va merosi xalqimiz ma’naviy xazinasi sifatida doimo e’zozlanadi.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ
matbuot xizmati

Texnik sabablarga ko‘ra, Guliston bekati toq yo‘li hamda Guliston–Oqoltin bekatlari oralig‘ida kontakt tarmog‘i simlarin...
13/02/2026

Texnik sabablarga ko‘ra, Guliston bekati toq yo‘li hamda Guliston–Oqoltin bekatlari oralig‘ida kontakt tarmog‘i simlarini almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan:

📅 2026-yil 15, 16, 18, 19-fevral kunlari

6412/6411-sonli “Toshkent – Xovos – Toshkent” hamda

2026-yil 18,19-fevral kunlari 6414/6413-sonli “Toshkent – Guliston – Toshkent” shaharlararo elektropoyezdlari qatnovi Sirdaryo bekatigacha amalga oshiriladi.

Yo‘lovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirishlarini so‘raymiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

🚉 Temir yo‘l vokzallarida xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarning oshganligi munosabati bilan vokzallardagi VIP z...
11/02/2026

🚉 Temir yo‘l vokzallarida xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarning oshganligi munosabati bilan vokzallardagi VIP zal xizmatlari narxlariga o‘zgartirish kiritilishini ma’lum qilamiz.

✅ Shu munosabat bilan 2026-yil 26-fevral kunidan boshlab VIP zal xizmatlari uchun quyidagi yangi tariflar joriy etiladi:

Toshkent Shimoliy, Samarqand va Buxoro temir yoʻl vokzallari
💳 Xizmat narxi — 100 000 soʻm

🚉 Boshqa temir yoʻl vokzallari
💳 Xizmat narxi — 60 000 soʻm

Qoʻshimcha ma’lumotlar rasmiy veb-saytimiz hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali tanishishingiz mumkin.

🗓 9-fevral — buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud kuniBugun buyuk bobokalonimiz, ulug‘ shoir, mutafakkir ha...
09/02/2026

🗓 9-fevral — buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud kuni

Bugun buyuk bobokalonimiz, ulug‘ shoir, mutafakkir hamda davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ
matbuot xizmati

Yoʻlovchilar diqqatiga!Kuni kecha “Toshkent — Guliston” yoʻnalishida qatnovchi shaharlararo poyezdlar qatnovi texnik sab...
26/01/2026

Yoʻlovchilar diqqatiga!

Kuni kecha “Toshkent — Guliston” yoʻnalishida qatnovchi shaharlararo poyezdlar qatnovi texnik sabablarga koʻra bekor qilinganligini ma’lum qilgan edik, sababi ushbu yoʻnalishdagi temir yoʻl uchastkalarida modernizatsiya ishlari olib borilmoqda va tez kunlarda foydalanishga topshirilishini ma’lum qilamiz.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ
matbuot xizmati

🖌Joriy yilning 19-yanvar kuni 6414/6413-sonli “Toshkent-Guliston — Toshkent” yo‘nalishida qatnovchi shaharlararo poyezdi...
19/01/2026

🖌Joriy yilning 19-yanvar kuni 6414/6413-sonli “Toshkent-Guliston — Toshkent” yo‘nalishida qatnovchi shaharlararo poyezdi texnik sabablarga ko‘ra 1 reysga bekor qilinganligini ma’lum qilamiz.

📌Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.

Hurmatli Vatan himoyachilari va yurtdoshlar!14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barcha qahramonlarni t...
14/01/2026

Hurmatli Vatan himoyachilari va yurtdoshlar!

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barcha qahramonlarni tabriklaymiz! Bu kun biz uchun nafaqat ona yurtimizni himoya qilgan jasur yurtdoshlarimizni eslash, balki ularning fidoyiligi va jasoratini yuksak qadrlash kunidir.

Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz, o‘z jonini fido etgan jasoratlaringiz tufayli biz tinch va osoyishta hayot kechirmoqdamiz. Har biringizning xizmatlaringiz biz uchun bebaho, va ular yurtimizning mustahkam himoyasi bo‘lib qoladi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ jamoasi nomidan barcha Vatan himoyachilariga o’z minnatdorchiligimizni bildirgan holda, baxt, salomatlik va tinchlik tilaymiz.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

8-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura xodimlari kuniHurmatli Prokuratura xodimlari!Sizlarni kasb bayramingiz —...
08/01/2026

8-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura xodimlari kuni

Hurmatli Prokuratura xodimlari!

Sizlarni kasb bayramingiz — O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabriklaymiz.

Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, jamiyatda adolat, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lida olib borayotgan mas’uliyatli va sharafli xizmatlaringiz yuksak e’tirofga loyiqdir. Sizning fidokorona mehnatingiz davlat va jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.

✅ Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilaymiz. Adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi samarali xizmatlaringiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.

🚉 “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

50% CHEGIRMA BILAN TALABALAR TOMONIDAN XARID QILINGAN CHIPTALAR BO‘YICHA MA’LUMOT:2-yanvar 10:30 holatiga ko‘ra:Jami: 37...
02/01/2026

50% CHEGIRMA BILAN TALABALAR TOMONIDAN XARID QILINGAN CHIPTALAR BO‘YICHA MA’LUMOT:

2-yanvar 10:30 holatiga ko‘ra:

Jami: 37042

Elektron tarzda: 29659 (80%)

Chiptaxonalarda: 7383 (20%)

Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: eticket.railway.uz

IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotni O‘zbekiston bo’yicha 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

50% CHEGIRMA BILAN TALABALAR TOMONIDAN XARID QILINGAN CHIPTALAR BO‘YICHA MA’LUMOT:1-yanvar 10:30 holatiga ko‘ra:Jami: 36...
01/01/2026

50% CHEGIRMA BILAN TALABALAR TOMONIDAN XARID QILINGAN CHIPTALAR BO‘YICHA MA’LUMOT:

1-yanvar 10:30 holatiga ko‘ra:

Jami: 36202

Elektron tarzda: 28892 (80%)

Chiptaxonalarda: 7310 (20%)

Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: eticket.railway.uz

IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotni O‘zbekiston bo’yicha 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

50% CHEGIRMA BILAN TALABALAR TOMONIDAN XARID QILINGAN CHIPTALAR BO‘YICHA MA’LUMOT:30-dekabr 8:30 holatiga ko‘ra:Jami: 34...
30/12/2025

50% CHEGIRMA BILAN TALABALAR TOMONIDAN XARID QILINGAN CHIPTALAR BO‘YICHA MA’LUMOT:

30-dekabr 8:30 holatiga ko‘ra:

Jami: 34549

Elektron tarzda: 27409 (79%)

Chiptaxonalarda: 7140 (21%)

Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: eticket.railway.uz

IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotni O‘zbekiston bo’yicha 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

Address

TURKISTON 7
Tashkent
100015

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712997184

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Официальная страница АО "O'ztemiryo'lyo'lovchi" posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Официальная страница АО "O'ztemiryo'lyo'lovchi":

Share