Tashxismarkazi

Tashxismarkazi Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Tashxismarkazi, Olmazor tumani, Ziyo k`ochasi, 6a uy, Tashkent.

17/02/2026




🔰 Oʻzbekiston respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025 yil 23-oktabrdagi PQ-316-sonli qarori bilan uzluksiz kasb-hunarga yoʻnaltirish dasturlari tasdiqlagan.
Shu maqsadda:
🔰 Kasbiy ta’limni ommalashtirish hamda o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish maqsadida maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari uchun
“Atrofimizdagi kasblar”,
“Kasblar alifbosi”,
“Kasblar olami”,
“Mening kelajakdagi kasbim”
dasturlari ishlab chiqilgan.

🔰 Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarida uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish hamda o‘quvchi-yoshlarni ongli kasb tanlashga yo‘naltirish maqsadida Joriy yilning fevral oyidan boshlab Shayxontohur tumanidagi 102-sonli umumta’lim maktabida 1-4 sinf o‘quvchilari uchun tajriba-sinov dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.

🔰 Tajriba-sinov dars mashg‘ulotlari “Kasblar alifbosi” o‘quv dasturi asosida olib borildi. Darslar interaktiv metodlar, amaliy mashg‘ulotlar, rolli o‘yinlar, kasbiy moyillikni aniqlash testlari hamda muhokama va tahlil jarayonlari orqali tashkil etildi.

🔰 Mazkur tajriba-sinov ishlari kelgusida o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish hamda boshqa ta’lim muassasalarida ham bosqichma-bosqich joriy etish uchun muhim amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

11/02/2026




🧩Oʻzbekiston respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025 yil 23-oktabrdagi PQ-316-sonli qarori bilan uzluksiz kasb-hunarga yoʻnaltirish dasturlari tasdiqlagan.
Shu maqsadda:
🧩 Kasbiy ta’limni ommalashtirish hamda o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish maqsadida maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari uchun
“Atrofimizdagi kasblar”,
“Kasblar alifbosi”,
“Kasblar olami”,
“Mening kelajakdagi kasbim”
dasturlari ishlab chiqilgan.

🔰 Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarida uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish hamda o‘quvchi-yoshlarni ongli kasb tanlashga yo‘naltirish maqsadida Joriy yilning 11-fevral kuni Yunusobod tumanidagi 9-sonli umumta’lim maktabida 5-6-sinf o‘quvchilari uchun tajriba-sinov dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.

🔰 Tajriba-sinov dars mashg‘ulotlari “Kasblar olami” o‘quv dasturi asosida olib borildi. Darslar interaktiv metodlar, amaliy mashg‘ulotlar, rolli o‘yinlar, kasbiy moyillikni aniqlash testlari hamda muhokama va tahlil jarayonlari orqali tashkil etildi.

🔰 Mazkur tajriba-sinov ishlari kelgusida o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish hamda boshqa ta’lim muassasalarida ham bosqichma-bosqich joriy etish uchun muhim amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

11/02/2026




🧩Oʻzbekiston respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025 yil 23-oktabrdagi PQ-316-sonli qarori bilan uzluksiz kasb-hunarga yoʻnaltirish dasturlari tasdiqlagan.
Shu maqsadda:
🧩 Kasbiy ta’limni ommalashtirish hamda o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish maqsadida maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari uchun
“Atrofimizdagi kasblar”,
“Kasblar alifbosi”,
“Kasblar olami”,
“Mening kelajakdagi kasbim”
dasturlari ishlab chiqilgan.

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarida uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish hamda o‘quvchi-yoshlarni ongli kasb tanlashga yo‘naltirish maqsadida Joriy yilning 10-fevral kuni Yunusobod tumanidagi 51-sonli umumta’lim maktabida 7-, 8-, 9-sinf o‘quvchilari uchun tajriba-sinov dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.

🧩Mazkur tajriba-sinov dars mashg‘ulotlari
“Mening kelajakdagi kasbim”
o‘quv dasturi asosida olib borildi. Darslar interaktiv metodlar, amaliy mashg‘ulotlar, rolli o‘yinlar, kasbiy moyillikni aniqlash testlari hamda muhokama va tahlil jarayonlari orqali tashkil etildi.

✅ Mazkur tajriba-sinov ishlari kelgusida o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish hamda boshqa ta’lim muassasalarida ham bosqichma-bosqich joriy etish uchun muhim amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

       🔰Har bir bola jamiyatda munosib oʻrin egallash, oʻz qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarish huquqiga ega. B...
03/02/2026



🔰Har bir bola jamiyatda munosib oʻrin egallash, oʻz qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarish huquqiga ega. Bu huquqni toʻliq taʼminlash, xususan, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratish - zamonaviy taʼlim tizimining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

❗️Inklyuziv taʼlim - bu jamoaviy harakat. Unda maxsus pedagoglar, sinf rahbarlari, fan oʻqituvchilari, psixologlar va maktab maʼmuriyatining hamjihatligi va muvofiqlashtirilgan faoliyati asosiy poydevor hisoblanadi.

📚Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan maxsus pedagoglar uchun metodik qoʻllanma” tayyorlandi.

✅Mazkur metodik qoʻllanmada inklyuziv taʼlim sinflarida faoliyat yuritayotgan maxsus pedagoglar uchun moʻljallangan boʻlib, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar bilan oʻquv-tarbiyaviy faoliyatni samarali tashkil etish, uni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish boʻyicha metodik koʻrsatmalar, tavsiyalar hamda korreksion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlardan namunalar keltirilgan.

✅Qoʻllanma oʻquvchilarning individual rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning nutqiy, kognitiv va ijtimoiy koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan boʻlib, pedagoglarning amaliy faoliyatida qoʻllash uchun moʻljallangan.
💼Ushbu metodik qoʻllanmadan nafaqat maxsus pedagoglar, inklyuziv taʼlim jarayoniga jalb etilgan boshqa mutaxassislar uchun ham amaliy yordamchi vosita boʻlib xizmat qiladi.

Metodik qoʻllanmani yuklab olish 📥
https://drive.google.com/file/d/1Z3oippMMI4_MBrFB_D8oGXLmqYYu0_1j/view?usp=sharing

03/12/2024

Xalqaro konferensiya

"Inklyuziv taʼlimdan - inklyuziv jamiyatga"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtmoqda

20/03/2024



💠O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi inklyuziv ta’lim bo‘limi tomonidan 2024-yil 19-mart kuni “Navro‘z” bayrami munosabati bilan Olmazor tumani 134-umumta’lim maktabi inklyuziv ta’lim o‘quvchilari uchun
“Baxt sizning kaftingizda”
nomli tadbir tashkil etildi.
✅ Tadbirda bo‘lim metodistlari bolajonlar bilan birgalikda turli qiziqarli mashg‘ulotlar olib borishdi.
✅ ATEB bolajonlar o‘zlarining she’r hamda raqslari bilan tadbirda ishtirok etdilar.
✅ Tadbir yakunida barcha ATEB bolalarga markaz tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

27/02/2024



2024-yil 26-fevral kuni Respublika tashxis markazi tomonidan umumtaʼlim maktablari psixologlari va inklyuziv taʼlim ishtirokchilari uchun

Kasbga yoʻnaltirish
“Kasbiy moslashuv va oʻquvchilarni maktabga moslashtirish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish usullari”

Psixologik xizmat
“Shaxslararo adaptatsiya jarayonlariga psixosamatik kasalliklarning taʼsiri”

Inklyuziv taʼlim
“Inklyuziv taʼlimni tashkil etishda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilarning adaptatsiyasi”
mavzusida vebinar mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Mashgʻulotlarda maktablarda faoliyat olib borayotgan psixologlar hamda inklyuziv ta'lim ishtirokchilari uchun oʻquvchi va oʻqituvchining taʼlim jarayonlariga moslashish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarning oldini olish va ularni bartaraf etish usullari xususida metodik va amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Call now to connect with business.

24/02/2024




💠 Respublika tashxis markazi tomonidan maktabgacha va maktab ta'limi tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarda Sh.Ahmedova
«Inklyuziv sinflarda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar bilan dars oʻtish usullari”
mavzusida ma’ruza qildi.

✅ O‘quv seminar zoom platformasi orqali onlayn tashkil etilib unda 400 nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishdi.

Send a message to learn more

          ❗️Inklyuziv ta'lim ishtirokchilari uchun     🎙 O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik...
23/02/2024




❗️Inklyuziv ta'lim ishtirokchilari uchun

🎙 O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi metodisti:
Shoista Axmedova

✅ Taqdimot mavzusi: Inklyuziv sinflarda alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan o'quvchilar bilan dars o'tish usullari.

🕰 Boshlanish vaqti:
23-fevral soat 15:00

🔗 Seminarda ishtirok etish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/88933056285

        ❗️O'qituvchi-logopedlar uchun    🎙O'qituvchi-logoped:   Sarvinoz Zakirova   Zarifa Sayfullayeva       ✅Taqdimot ...
22/02/2024




❗️O'qituvchi-logopedlar uchun

🎙O'qituvchi-logoped:
Sarvinoz Zakirova
Zarifa Sayfullayeva

✅Taqdimot mavzusi:
✅Til orqa tovushlarini nutqqa qo‘yish va mustahkamlash;
✅Yakka tartibda va guruhli mashg‘ulotlarni rejalashtirish va o‘tkazish mezonlari.

🕰 Boshlanish vaqti:
22-fevral soat 15:00

🔗 Seminarda ishtirok etish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/88933056285

  maslahatchiFaoliyatning mazmuni: banklarda, fond birjalarida, kredit tashkilotlarida, investitsiya fondlarida ishlash;...
08/09/2023

maslahatchi

Faoliyatning mazmuni: banklarda, fond birjalarida, kredit tashkilotlarida, investitsiya fondlarida ishlash; huquqiy masalalar, qimmatbahoqog‘ozlarto‘plamini boshqarish, moliyaviy menejment, moliyaviy tavakkalchilikni baholash, investitsiya loyihalarini baholash va tanlash, bank ishi va sug‘urtani tashkil etish bo‘yicha maslahatlar beradi; sud, hakamlik sudi va boshqa davlat tashkilotlarida vakillikni amalga oshiradi.
Kasbiy muhim fazilatlar: tahliliy ko‘nikmalar, javobgarlik, muomalaga layoqatlilik, diqqat, katta miqdordagi qisqa va uzoq muddatli xotira, og‘zaki va mantiqiy fikrlash.
Tibbiy mone’liklar: og‘ir psixik-asab kasalliklari.

Address

Olmazor Tumani, Ziyo K`ochasi, 6a Uy
Tashkent
100095

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712271178

Website

http://myurls.co/tashxismarkazi

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Tashxismarkazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Tashxismarkazi:

Share