АО "Узбекистон темир йуллари"

АО "Узбекистон темир йуллари" Telegram: uzrailways_uz
YouTube: uzrailwaysuz
Instagram: www.instagram.com/uzrailways_uz

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning rasmiy sahifasi
Официальная страница АO

1005 – qisqa telefon raqami

Korrupsiya holatlari haqida maʼlumot berish uchun muljallangan ishonch telefoni: +998(71) 237-99-98

07/05/2026

“Nurafshon – Piskent – Bo‘ka – Bekobod – Boyovut – Yangiyer” yo‘nalishidagi yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l tarmog‘i qurilishiga start berildi

“Nurafshon – Piskent – Bo‘ka – Bekobod – Boyovut – Yangiyer” yo‘nalishidagi yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l tarmog‘i...
07/05/2026

“Nurafshon – Piskent – Bo‘ka – Bekobod – Boyovut – Yangiyer” yo‘nalishidagi yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l tarmog‘i qurilishiga start berildi

Bugun Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq va Bekobod tumanlarida umumiy uzunligi 110 kilometrni tashkil etuvchi mazkur yirik loyiha qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘rtachirchiq tomondan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi Zufar Narzullayev, nuroniylar hamda soha mutasaddilari ishtirok etdi. Bekobod tomondan esa videoaloqa orqali tuman hokimi Zaynilobiddin Nizomiddinov va faollar qatnashdi.

Tadbirda viloyat hokimi ushbu temir yo‘l tarmog‘i Toshkent viloyati iqtisodiy taraqqiyotiga yangi sur’at bag‘ishlashi, aholi bandligini ta’minlash, zamonaviy transport-logistika xizmatlarini kengaytirish va hududlar o‘rtasidagi transport bog‘liqligini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Zaynilobiddin Nizomiddinov ham o‘z nutqida temiryo‘lchilarni Bekobod erkin iqtisodiy zonasiga shaxobcha temir yo‘li tortish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlarining sifati va sur’atini alohida e’tirof etdi. Qurilishi boshlanayotgan yangi loyiha ham tuman aholisiga katta quvonch bag‘ishlayotgani aytildi.

Loyiha doirasida 4 ta temir yo‘l bekati, 21 ta yo‘l o‘tkazgich, 6 ta ko‘prik va 1 ta nim tortish stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan.

Loyihaning muhim jihatlaridan biri — qurilish ishlarida bugungi k***a yirik xalqaro infratuzilma loyihalarini amalga oshirayotgan temiryo‘lchilarning ilg‘or tajribasi va zamonaviy yondashuvlari qo‘llanilayotganidir.

Xususan, mazkur temir yo‘l yo‘nalishi avtomobil va temir yo‘l kesishmalarisiz loyihalashtirilgani, aholi turar-joylarini chetlab o‘tishi hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirni minimallashtirish choralari ko‘rilgani bilan boshqa temir yo‘l qurilish loyihalaridan ajralib turadi.

Tadbir yakunida ramziy qoziq qoqish marosimi o‘tkazildi va qurilish ishlari ikki tomondan ya’ni Nurafshondan Bekobod hamda Bekoboddan Nurafshon tomon boshlangani ma’lum qilindi.

Ushbu yirik infratuzilma loyihasi mamlakat transport tizimini modernizatsiya qilish, hududlarning tranzit salohiyatini oshirish va aholi uchun xavfsiz hamda qulay transport xizmatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X

"Jaloliddin Manguberdi" yo‘lovchi poyezdining Xivaga tantanali jo‘natilishi bo‘lib o‘tdiBugun, 2026-yil 5-may kuni "Tosh...
05/05/2026

"Jaloliddin Manguberdi" yo‘lovchi poyezdining Xivaga tantanali jo‘natilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2026-yil 5-may kuni "Toshkent-Markaziy" vokzalida Hyundai Rotem kompaniyasining Toshkent - Xiva - Toshkent yo‘nalishida qatnovchi birinchi "Jaloliddin Manguberdi" yo‘lovchi poyezdi tantanali ravishda ishga tushirildi.

Tadbirda "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati rahbariyati, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, shuningdek, Hyundai Rotem kompaniyasining yuqori martabali rahbarlari va mutaxassislari, faxriylar, temiryo‘lchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilariga "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari X.Raхmetov tabrik so‘zi bilan murojaat qildi. U Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning islohotlari tufayli biz temir yoʻl infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish va xalqaro transport aloqalarini mustahkamlashda sezilarli yutuqlarga erishayotganimizni taʼkidladi.

Oʻzbekiston temir yoʻlchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Q.Sabirov ham mehmonlarni poyezdning ishga tushirilishi bilan tabrikladi. U yangi yoʻnalishning ichki turizmni rivojlantirishdagi ahamiyatini taʼkidladi, temir yoʻlchilarga fidoyi mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirdi va yoʻlovchilarga qulay va yoqimli sayohatlar tiladi.

Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi Von Do Yon oʻz nutqida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikni va Hyundai Rotem kompaniyasining Oʻzbekiston harakatlanuvchi tarkibini modernizatsiya qilishga qoʻshgan hissasini taʼkidlab, mamlakat temir yoʻl transportiga yanada ravnaq tiladi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan bu loyihalar avvalo, davlatimiz rahbarining temir yo‘l tarmog‘idagi islohotlarining natijasi ekanligni aytib, ushbu yuqori tezlikda harakatlanadigan zamonaviy poyezd poytaxtimiz Toshkentni mamlakatimizning shimoliy hududidagi qadimiy va turizm shahri bo‘lgan Xiva bilan bog‘lashi yurtimiz temir yo‘l transporti tarixida katta muvaffaqiyat ekanligini mamnuniyat bilan tilga olishdi. Shuningdek, o‘zbekistonlik va Koreya mutaxassislarning, temir yo‘l sohasi vakillarining mehnati va izlanishlari najitasi ekanligi alohida ta’kidlandi.

Bugungi k***a tezyurar poyezdlarimiz Toshkentdan Xivagacha bo‘lgan masofani 14 soatda bosib o‘tayotgan bo‘lsa, “Hyundai Rotem” poyezdlari harakatga qo‘yilishi bilan mazkur masofa vaqti deyarlik ikki barobarga qisqaradi. Ushbu yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlar Toshkentdan Xivagacha bo‘lgan 1 ming 22kilometrlik masofani 7 yarim soatda bosib o‘tadi.

250 kilometr tezlikda harakatlana oladigan zamonaviy poyezdlar tarkibining uzunligi 175 metr, sig‘imi 389 o‘ringacha. 7 ta vagondan iborat.

“Hyundai Rotem” kompaniyasining yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlari O‘zbekistonning iqlim sharoitiga to‘liq moslashtirilgan. Ya’ni +50 haroratdagi issiqlik hamda –40 darajadagi sovuqlikda ham ishonchli harakatlanish imkoniga ega. Poyezd Qizilqum cho‘lining qumli uchastkalaridan o‘tayotganda ham vagonlar ichiga chang mutlaqo kirmaydi, haddan tashqari yuqori va past haroratlarga, qum-bo‘ronlarga chidamli tizimlar bilan jihozlangan hamda uzoq masofalarga sayohat qilish uchun mo‘ljallangan. Yangi poyezd vagonlarida o‘rindiqlar yo‘lovchi xohishiga qarab har ikki yo‘nalish bo‘yicha buriladi, shuningdek, vagonlarda kuzatuv kameralari ham ishlab turadi, maxsus ekranlarda esa harakat xaritasi va tezlik ko‘rsatkichlari ko‘rsatib beriladi.

Yangi avlod poyezdlarining yurtimizga olib kelinishi sohadagi islohotlarning ifodasi bo‘lib, nafaqat aholiga qulaylik hozirlash, balki turizm imkoniyatlarini oshirish imkonini beradi.

Ta’kidlash lozimki, ushbu poyezdlarni yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekiston temiryo‘lchilari tomonidan 450kilometrlik “Buxoro – Urganch – Xiva” uchastkasi yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlar uchun to‘liq elektrlashtirildi.

Shuningdek, “Navoiy – Buxoro” uchastkasida 92,12 kilometrlik yangi elektrlashtirilgan yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlarga moslashtirilgan ikkinchi temir yo‘l qurilishi loyihasi yakuniga yetkazildi.

Zamonaviy poyezdlarining mamlakatimiz temir yo‘llariga qo‘yilishi oldidan esa “Toshkent – Samarqand – Navoiy – Buxoro – Xiva” temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini va mavjud infratuzilma butligini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va “Hyundai Rotem” kompaniyasidan kelgan mutaxassislar tomonidan zamonaviy poyezdda rejalashtirilgan texnik sinov nazorat harakatlari ham muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

“Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzalida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirdan so‘ng “Jaloliddin Manguberdi” poyezdi dastlabki yo‘lovchilar va mehmonlar bilan Toshkentdan qadimiy Xiva shahri tomon harakatlandi. Yo‘l davomida ilk qatvoning yo‘lovchilari, mehmonlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari uchqur poyezd qulayliklari, zamonaviy sharoitlari hamda yuqori tezlikda harakatlanish imkoniyatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi. Poyezd yetti yarim soatda “Xiva” vokzaliga muvaffaqiyatli yetib keldi va yangi poyezdning dastlabki reysi tantanali kutib olindi.

Zamonaviy “Jaloliddin Manguberdi” poyezdlarining Toshkent – Xiva – Toshkent yo‘nalishidagi qatnovlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

“Toshkent-Markaziy” vokzali → Xiva
Jo‘nash vaqti: 07:00
Xivaga yetib borish vaqti: 14:31

“Xiva” vokzali → “Toshkent-Markaziy” vokzali
Jo‘nash vaqti: 07:20
Toshkentga yetib kelish vaqti: 14:51

Qatnov kunlari:
- Toshkent → Xiva: haftaning seshanba, payshanba, shanba kunlari
- Xiva → Toshkent: haftanig chorshanba, juma, yakshanba kunlari

Qatnov boshlanish sanalari:
5 may — Toshkentdan ilk qatnov
6 may — Xivadan ilk qatnov.
___

Состоялся торжественный запуск пассажирского поезда «Джалолиддин Мангуберди» до Хивы

Сегодня, 5 мая 2026 года, на вокзале «Ташкент-Центральный» состоялся торжественный запуск первого пассажирского поезда «Джалолиддин Мангуберди» компании Hyundai Rotem, который будет курсировать по маршруту Ташкент – Хива – Ташкент.

В мероприятии приняли участие руководители акционерного общества «Узбекистон темир йуллари», представители Посольства Республики Корея в Узбекистане, а также высокопоставленные руководители и специалисты компании Hyundai Rotem, ветераны, железнодорожники и представители средств массовой информации.

С вступительной приветственной речью к участникам мероприятия выступил первый заместитель председателя правления АО «Узбекистон темир йуллари» Х.Рахметов. Он отметил, что благодаря реформам нашего Президента Шавката Мирзиеева, мы совершаем большие шаги в
модернизации железнодорожной инфраструктуры, повышении качества обслуживания пассажиров и укреплении международных транспортных связей.

Также гостей с запуском поезда поздравил председатель Республиканского совета профсоюза железнодорожников и транспортных строителей Узбекистана К.Сабиров и подчеркнул значимость нового маршрута для развития внутреннего туризма, поблагодарил коллективы железнодорожников за самоотверженный труд и пожелал пассажирам комфортных и увлекательных поездок.

Свои искренние поздравления выразил в своем выступлении посол Республики Корея в Узбекистане Вон До Ён, отметив успешное сотрудничество между нашими странами, вклад компании Hyundai Rotem в обновление подвижного состава Узбекистана и пожелав дальнейшего процветания железнодорожному транспорту республики.

Выступившие на мероприятии отметили, что эти проекты, реализуемые на благо нашего народа, являются, прежде всего, результатом реформ Главы нашего государства в области железнодорожного транспорта, и что этот высокоскоростной современный поезд, соединяющий Ташкент с Хивой, древним и туристическим городом на севере страны, является большим достижением в истории железнодорожного транспорта нашей страны. Также было подчеркнуто, что это результат узбекских и корейских специалистов, представителей железнодорожной отрасли.

Сегодня наши скоростные поезда преодолевают расстояние от Ташкента до Хивы за 14 часов, а с запуском поездов Hyundai Rotem это время сократится почти вдвое. Эти высокоскоростные поезда преодолевают расстояние в 1220 километров от Ташкента до Хивы за 7,5 часов.

Современные поезда, способные развивать скорость до 250 километров в час. Длина поезда составляет 175 метров, вместимость — до 389 мест. Он состоит из 7 вагонов.

Высокоскоростные электропоезда компании Hyundai Rotem полностью адаптированы к климатическим условиям Узбекистана. То есть они могут надежно передвигаться даже при жаре +50 градусов и при холоде -40 градусов. Даже при проезде песчаных участков пустыни пыль Кызылкум в вагоны не попадает, они оснащены системами, устойчивыми к экстремально высоким и низким температурам, песчаным бурям, и рассчитаны на дальние поездки. В новых вагонах сиденья могут поворачиваться в обе стороны по желанию пассажира, в вагонах также работают камеры видеонаблюдения, а на специальных экранах отображается карта движения и спидометры.

Введение в эксплуатацию поездов нового поколения в нашей стране является проявлением реформ в отрасли, которые не только обеспечат удобство для населения, но и расширят туристические возможности.

Следует отметить, что для запуска этих поездов железные дороги в стране полностью электрифицировали для высокоскоростных поездов, в частности, 450-километровый участок «Бухара – Ургенч – Хива».

Перед вводом в эксплуатацию современных поездов на железных дорогах нашей страны специалисты АО «Узбекистон темир йуллари» и компании «Hyundai Rotem» успешно провели плановые технические испытания и контрольные работы на современном поезде для обеспечения безопасности движения и целостности существующей инфраструктуры на участках железной дороги Ташкент – Самарканд – Навои – Бухара – Хива.

После торжественной церемонии на Центральном вокзале Ташкента поезд «Джалолиддин Мангуберди» с первыми пассажирами и гостями отправился из Ташкента в древний город Хива. В пути пассажиры первого поезда, гости и представители СМИ воочию смогли проверить поезд в удобствах, современных условиях и скоростных возможностях высокоскоростного поезда.

Регулярное движение поездов «Джалолиддин Мангуберди» между Ташкентом и Хивой, несомненно, создаст большие удобства для жителей нашей страны и иностранных туристов в соединении столицы с этим древним городом. Поезд отправляется из Ташкента, останавливается на железнодорожных станциях «Самарканд», «Бухара» и «Ургенч» и следует до станции «Хива».

Поезд «Джалолиддин Мангуберди» на маршруте Ташкент – Хива – Ташкент следуют по следующему расписанию:

Железнодорожный вокзал «Ташкент-Центральный» → Хива
Время отправления: 07:00
Время прибытия в Хиву: 14:31

Железнодорожный вокзал «Хива» → Железнодорожный вокзал «Ташкент-Центральный»
Время отправления: 07:20
Время прибытия в Ташкент: 14:51

Дни движения:
- Ташкент → Хива: вторник, четверг, суббота
- Хива → Ташкент: среда, пятница, воскресенье

Даты отправления:
5 мая — первое отправление из Ташкента

6 мая — первое отправление из Хивы.

UTY AJ delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifi2026-yil 31-yanvar – 6-fevral kunlari “O‘zbekiston Tem...
05/02/2026

UTY AJ delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifi

2026-yil 31-yanvar – 6-fevral kunlari “O‘zbekiston Temir Yo‘llari” AJ vakillari Xitoy Xalq Respublikasiga ishchi tashrif buyurdi. Safar davomida delegatsiya Chengdu, Shenzhen va Dongguan shaharlarida Huawei kompaniyasi hamda yetakchi ilmiy markazlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tashrifning asosiy yo‘nalishlari:
- TMS (Transport Management System) laboratoriyasini ko‘zdan kechirish;
- Xitoy temir yo‘llari tajribasi bilan o‘rtoqlashish va "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ uchun TMS talablari muhokamasi;
- Universitet va ilmiy markazlar bilan hamkorlik masalalari.
- Huawei kompaniyasining fon Neyman ko‘rgazma zaliga tashrif;
- Yuqori darajadagi uchrashuvlar va memorandumlar imzolash;
- Huawei Cloud Planck ko‘rgazma zalida innovatsion yechimlar bilan tanishish.
- Huawei Smart Factory va Smart Campus laboratoriyalariga tashrif;
- Songshanhu ilmiy-tadqiqot markazi hamda Sanyapo kadrlar tayyorlash markazida uchrashuvlar.

Safar yakunida UTY AJ vakillari Huawei kompaniyasi bilan temir yo‘l transportida raqamlashtirish, intellektual boshqaruv tizimlari va kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishdi.

Ushbu tashrif O‘zbekiston temir yo‘llarida raqamli transformatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy etish jarayonida muhim qadam bo‘lib, xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.

Address

Taras Shevchenko Street, 7
Tashkent
100060

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712388028

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when АО "Узбекистон темир йуллари" posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to АО "Узбекистон темир йуллари":

Shortcuts

Share