Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ("O‘zstandart" agentligi) standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi vazifalarni hal qilish uchun maxsus vakolat berilgan O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organi hisoblanadi. “O'zstandart” agentligi o'z faoliyatini amaldagi Qonunchilikka ko'ra bevosita va quyi tizim tashkilotlari

orqali amalga oshiradi. O`zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining “Mаhsulоtlаr vа хizmаtlаrning stаndаrtlаshtirish, mеtrоlоgiya vа sеrtifikаtlаshtirish tizimini tаkоmillаshtirish сhоrа-tаdbirlаri to`g`risidа” 2004 yil 3 avgustdаgi 373-sоnli qаrоrigа asosan “O`zstаndаrt” аgеntligining аsоsiy vаzifаlаri quyidаgilаrdаn ibоrаt:

"Standartlashtirish to‘g‘risida", "Metrologiya to‘g‘risida", "Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari amalda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llash asosida mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
standartlashtirish, o‘lchovlar yagonaligi, sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat ko‘rsatishini va rivojlantirilishini, ushbu sohalardagi ilmiy-texnika axborotini akkreditatsiya qilish va tarqatishni, shuningdek ularning xalqaro, davlatlararo tizimlar va xorijiy mamlakatlarning milliy tizimlari bilan uyg‘unlashtirilishini ta’minlash;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligi va sifati, o‘lchovlar ishonchsiz natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilish talablariga rioya etilishi yuzasidan iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.

🇮🇳🇺🇿🇩🇪 Nyu-Deli shahrida Germaniya Milliy Elektrotexnika qo‘mitasi (DEK) vakillari bilan uchrashuv Hindistonning Nyu-Del...
18/09/2025

🇮🇳🇺🇿🇩🇪 Nyu-Deli shahrida Germaniya Milliy Elektrotexnika qo‘mitasi (DEK) vakillari bilan uchrashuv

Hindistonning Nyu-Deli shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) Bosh Assambleya yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov rahbarligidagi delegatsiya Germaniya Milliy Elektrotexnika qo‘mitasi (DEK) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun: Germaniya Milliy Elektrotexnika qo‘mitasi (DEK), Yevropa Ittifoqi Elektrotexnika qo‘mitasi (CENELEC), Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) a’zosi, IECning 195 ta texnik qo‘mitasida doimiy (P-member) faoliyat ko‘rsatadi.

Germaniya tashqi savdo aylanmasida O‘zbekistonning 10 ta eng yirik hamkor davlatlaridan biri bo‘lib, savdo aylanmasi bo‘yicha 6 -o‘rin, 2024-yilda tovar ayirboshlash 1.49 mlrd (2.7%)ga yetganligi savdo, yashil energika, qurilish, mashinasozlik, tibbiyot sohalari yangi bosqichda davom etayotganligi e’tirof etildi.

Standartlashtirish bo‘yicha tegishli texnik qo‘mitalar va quyi texnik qo‘mitalar faoliyatini takomillashtirish, sanoat va maxalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni standartlar ishlab chiqishda bevosita ishtirokini faol ta’minlash, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, standartlarning yagona axborot bazasini shakllantirish va yuritish, xalqaro hamkorlik, import mahsulotlarga qo‘yilgan talablar, texnik jihatdan tartibga solish va standartlashtirish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, Global sifat infratuzilmasi indeksi (GQII)ga oid masalalar muhokama qilindi.

Mutaxassislarining institutsional salohiyatini mustahkamlash, ularning savdodagi texnik to‘siqlar sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga maqsadida Yevropa Ittifoqi (TAIEX, TWINNING )ning grant va texnik qo‘maklarini jalb etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Germaniya Milliy Elektrotexnika qo‘mitasi (DEK) bilan hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

🇮🇳🇺🇿🇯🇵 Nyu-Deli shahrida Yaponiya sifat infratuzilmasi idorasi vakillari bilan uchrashuv Hindistonning Nyu-Deli shahrida...
18/09/2025

🇮🇳🇺🇿🇯🇵 Nyu-Deli shahrida Yaponiya sifat infratuzilmasi idorasi vakillari bilan uchrashuv

Hindistonning Nyu-Deli shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) Bosh Assambleya yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov rahbarligidagi delegatsiya Yaponiya Milliy Elektrotexnika qo‘mitasi (Japanese Industrial Standards Committee (JISC) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun: Japanese Industrial Standards Committee (JISC)Halqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO), Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) a’zosi, ISOning 668 ta texnik qo‘mitasi va IECning 187 ta texnik qo‘mitasida doimiy (P-member) faoliyat ko‘rsatadi.

Mazkur uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida standartlashtirish va texnik tartibga solish sohadagi hamkorlikni mustahkamlash, Yaponiya xukumatining JETRO, JICA tashkilotlari grant va texnik ko‘magini jalb etish, innovatsion yechimlarni tatbiq qilish hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni kengaytirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda Yaponiyaning Mitsubishi Corporation, Sumitomo Corporation, Summit Motors, YKK, Toyota Tsusho Corporation, Internet Initiative Japan Inc., Mitsui & Co., Yokogawa Electric, HHH Central Asia, Kubota, Masui kompaniyalari mamlakat iqtisodiyotning turli sohalarida hamkorligi sezilarli darajada faollashgani, 2024-yilda o‘zaro savdo hajmi 320,2 mln dollarga yetib, qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotganligi e’tirof etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov O‘zbekiston–Yaponiya munosabatlari strategik ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlab, Yaponiya standartlashtirish soxasidagi tajribasini chuqur o‘rganish va amaliyotga joriy etish mamlakatimiz standartlashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish tizimini zamonaviy bosqichga olib chiqishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishini qayd etdi.

O‘z navbatida, Yaponiya Milliy Elektrotexnika qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Atsuko Saruhashi xonim O‘zbekiston bilan hamkorlikni chuqurlashtirish va yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish masalasi bugungi k***a dolzarb ahamiyat kasb etayotganini bildirdi.

Yaponiya tomoni O‘zbekistonning standartlashtirish va texnik tartibga solish sohalardagi islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, uning rivojlanishiga, jumladan, infratuzilmani yaxshilash, kadrlar tayyorlash kabi sohalarda har tomonlama ko‘mak berishga tayyorligini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha sifat infratuzilmasiga oid barcha yo‘nalishlarida keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.

🇮🇳🇪🇸🇺🇿 Nyu-Deli shahrida Ispaniya sifat infratuzilmasi idoralari vakillari bilan uchrashuvHindistonning Nyu-Deli shahrid...
18/09/2025

🇮🇳🇪🇸🇺🇿 Nyu-Deli shahrida Ispaniya sifat infratuzilmasi idoralari vakillari bilan uchrashuv

Hindistonning Nyu-Deli shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) Bosh Assambleya yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov rahbarligidagi delegatsiya Ispaniya standartlashtirish uyushmasi (Spanish Association for Standardization-UNE) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun: Spanish Association for Standardization-UNE Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO), Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC), Yevropa Standartlashtirish Tashkilotlari CEN-CENELEC) a’zosi, ISOning 457 ta texnik qo‘mitasi va IECning 121ta texnik qo‘mitasida doimiy (P-member) faoliyat ko‘rsatadi. Global sifat infratuzilmasi indeksi (GQII)dagi 170 ta davlat o‘rtasida Ispaniya umumiy 7-o‘rinni egallagan, bunda standartlashtirish – 9, metrologiya – 13, akkreditatsiya – 8 pog‘onada.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida o‘zaro ishonch va hurmat tamoyillariga asoslangan do‘stona munosabatlar barcha sohalarda izchil rivojlanib, iqtisodiyotning turli sohalarida hamkorlik sezilarli darajada faollashgani, 2024-yilda o‘zaro savdo hajmi 138,9 mln dollarga yetib, qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotganligi e’tirof etildi.

Milliy standartlarni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish, Global sifat infratuzilmasi indeksi (GQII), xalqaro hamkorlik, CE markirovka, texnik qo‘mitalar va quyi texnik qo‘mitalar faoliyatini takomillashtirish, Yevropaning Twinning, TAIEX grantlarini jalb etish, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonida milliy qonunchilikni JST bitim, qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish, mutaxassislarining institutsional salohiyatini mustahkamlash, ularning savdodagi texnik to‘siqlar sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga kelishib olindi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Ispaniya standartlashtirish uyushmasi o‘rtasida hamkorlikga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolandi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha sifat infratuzilmasiga oid barcha yo‘nalishlarida keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.

Milliy mahsulotlarni jahon bozoriga olib chiqish yo‘lidaO‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori ...
17/09/2025

Milliy mahsulotlarni jahon bozoriga olib chiqish yo‘lida

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov tizim tashkilotlarining Namangan filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, Yuksalish kichkin sanoat zonasida joylashgan yangi sinov laboratoriyalar ish jarayoni hamda korxonalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati e’tibor markazida bo‘ldi.

Bundan tashqari, viloyatdagi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar "MEGATON", "WESTON ELEVATOR", "MEGA TEKSTIL", "MEGA FAYZ TEKS", "SAMO TIKUV SERVIS", "UZTEX UCHKURGAN", "IFTIHOR KIYIM SANOATI", "SARBON" masʼuliyati cheklangan jamiyatlarining ishlab chiqarish sharoiti bilan tanishish jarayonida ularning sohaga oid mavjud muammolari ham o‘rganildi.

Mazkur korxonalar mahsulotlarining xalqaro bozorlarga chiqishi uchun zarur bo‘lgan muvofiqlikni baholash hujjatlari bilan ta’minlash maqsadida tegishli masʼullarga vazifalar belgilab berildi.

🇮🇳🇺🇿O‘zbekiston delegatsiyasi Hindistonda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro elektrotexnika komissiyasining Bosh assambleyasi yig‘...
17/09/2025

🇮🇳🇺🇿O‘zbekiston delegatsiyasi Hindistonda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro elektrotexnika komissiyasining Bosh assambleyasi yig‘ilishida ishtirok etadi

IEC Bosh assambleyasi tadbirida 100 ta davlat milliy standartlashtirish tashkilotlarining 500 dan ortiq eksperti to'planishi kutilmoqda.



Batafsil⬇️
https://t.me/UzstandardChannel/13223

Farg‘ona viloyatidagi sanoat korxonalarining muammolari o‘rganildiO‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi ...
06/09/2025

Farg‘ona viloyatidagi sanoat korxonalarining muammolari o‘rganildi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori o‘rinbosari Odiljon Tohirov Farg‘ona viloyatida faoliyat yurituvchi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, Farg‘ona shahar "Mashinasozlar" kichik sanoat va tadbirkorlik zonasida joylashgan "Ferghana Swan Cotton industrial Machinery Stock Co" qo‘shma korxonasida paxta terish mashinalari rusumlari, mutaxassislarni malakasini oshirish bo‘yicha Xitoylik ekspertlar ishtirokida tashkil etilgan o‘quv kurs jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, Farg‘ona shahridagi kalava ip va tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchi hamda eksport qiluvchi korxonalar – "Fergana Global textile" va "Textile Group Andgold" masʼuliyati cheklangan jamiyatlarida o‘rganish o‘tkazildi.

Bugungi k***a mazkur korxonalar tomonidan yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, Belorussiya va Rossiya davlatlariga eksport qilinadi. Kelgusida Yevropa Ittifoqining Polsha, Germaniya va Italiya davlatlariga eksport qilish rejalashtirilmoqda.

Jarayon davomida korxonalar faoliyatida yuzaga kelayotgan texnik va sifatga oid masalalar muhokama qilinib, mahsulotlarga oid me’yoriy hujjat bilan ta’minlandi hamda OEKO-TEX, ISO, SEDEX xalqaro standartlar, qadoqlash, yorliqlash va tashishga oid texnik reglamentlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Korxonalar bilan doimiy tarzda soha kesimida, ya’ni metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha birgalikda ishlash yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur yondashuv soha vakillarining tajriba almashishi, ishlab chiqarish jarayonlarini sifat jihatdan yanada takomillashtirish, eksport hajmini oshirish, geografiyasini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda korxona faoliyatida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llashga xizmat qiladi.

🇺🇿🇸🇰🇨🇿O‘zbekiston–Slovakiya–Chexiya: Metrologiya va innovatsiyada yangi istiqbollarO‘zbekiston texnik jihatdan tartibga ...
05/09/2025

🇺🇿🇸🇰🇨🇿O‘zbekiston–Slovakiya–Chexiya: Metrologiya va innovatsiyada yangi istiqbollar

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Chexiya va Slovakiya davlatlari hamkorligida tashkil etilgan yangi laboratoriyalar ochilish tadbiri doirasida Chexiya Respublikasi elchisi Lyubomir Frebort va Slovakiya elchisi Viktor Boretskiy bilan uchrashdi.

Muzokaralar doirasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohalarini faol rivojlantirishga o‘zaro tayyorlik tasdiqlandi.

Chexiya va Slovakiya davlatlari bilan hamkorlik yangi sur’atlarda rivojlanib borayotgani, yuqori va mutaxassislar darajadagi muntazam almashinuvlar amalga oshirilayotgani, tovar ayirboshlash hajmi va investitsiyaviy loyihalari soni o‘sayotganini, hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi doirasida sohaga oid muhim hujjatlar imzolangani qayd etildi.

Chexiya Milliy metrologiya instituti (CMI) bilan bosim bo‘yicha kvant laboratoriyasi va Slovakiya Milliy metrologiya instituti (SMU) bilan harorat bo‘yicha kvant laboratoriyasini tashkil etish, Yevropaning TAIEX va TWINNING grant dasturlari orqali mutaxassislarning kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv doirasida Chexiya va Slovakiya davlatlari metrologiya sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ikkita muhim hujjat imzolandi.

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti, Slovakiya metrologiya instituti va Chexiya metrologiya instituti hamkorligida yangi laboratoriyalar faoliyatiga start berildi.

Yangi tashkil etilgan Kimyo laboratoriyasida Slovakiya metrologiya instituti (SMU) bilan "Suvli eritmalardagi vodorod ionlari faolligining pH ko‘rsatkichi" bo‘yicha birlamchi va ikkilamchi etalonlar hamda "Suvli eritmalardagi ionlari faolligining nitrat (pX) ko‘rsatkichi" va Chexiya metrologiya instituti (CMI) "Suyuqliklarning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi birligi" birlamchi etaloni yordamida tegishli sinovlar amalga oshiriladi.

🇺🇿🇰🇷 Koreya sinov va sertifikatlashtirish instituti (KTC) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdiO‘zbekiston texnik jihatdan tartib...
04/09/2025

🇺🇿🇰🇷 Koreya sinov va sertifikatlashtirish instituti (KTC) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida Koreya sinov va sertifikatlashtirish instituti (KTC), O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi huzuridagi Materialshunoslik instituti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tkazildi.

Uchrashuvda mahsulotlar va xizmatlar sifatini yaxshilash, shu maqsadda grantlar, texnik ko‘makni faol jalb etish, Koreya sinov va sertifikatlashtirish instituti (KTC) bilan yaqin hamkorlik munosabatlari o‘rnatish masalasi ko‘rib chiqildi.

KTC vakillari tomondan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Koreyaning KATS, KCL, KOICA, KATRI, KIAT kabi idoralar bilan olib borayotgan hamkorlik ishlari e’tirof etildi va quyosh panellari sinovi bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekannligi bildirdi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Koreya xukumatining grantlar va texnik ko‘makni faol jalb etish bo‘yicha loyiha tayyorlash, sinov va sertifikatlashtirish sohasida mutxassislar uchun seminar-trening mashg‘ulotlar, davra suhbatlari tashkil etishga kelishib olindi.

2025-yil 2-sentabrdan avtomobillarni Piskent sinov majmuasida sinovlardan o‘tkazish amaliyoti to‘xtatiladiO‘zbekiston te...
02/09/2025

2025-yil 2-sentabrdan avtomobillarni Piskent sinov majmuasida sinovlardan o‘tkazish amaliyoti to‘xtatiladi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan iste’molchilar manfaatlarini ta’minlash va sifat kafolatiga ega bo‘lmagan avtomobillarni respublikamizga olib kirilishini hamda jamoat yo‘llarda baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida, 2024-yilning 1-noyabridan boshlab Piskent sinov majmuasida avtotransport vositalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan texnik reglamentga muvofiq sinovlardan o‘tkazilgan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, respublikamizga texnik reglamentga muvofiq transport turi ma’qullanmagan yengil avtomobillarning import qilingani sababli, ularning sinovlari birma-bir o‘tkazilishiga sabab bo‘lgan.

Yurtimizda 2024-yilgacha faqatgina 3 ta dilerlik markazlari faoliyat yuritgan bo‘lsa, ular atiga 15 ta avtomodel uchun turini ma’qullash hujjatini olgan edi xolos.

Hozirgi k***a esa, 21 ta xorijiy kompaniyalarning rasmiy dilerlari o‘z faoliyatini boshladi va 100 dan ortiq avtomobil rusumlariga turini ma’qullash hujjatlari rasmiylashtirildi.

Buning natijasida, iste’molchilarga sifati va xavfsizligi ta’minlangan, hamda kafolatlangan avtotransport vositalarini yetkazib berish tizimi takomillashtirildi. Natijada iste’molchilarga rasmiy dilerlardan turli rusumdagi avtotransport vositalarini xarid qilish imkoniyati yaratildi.

Shu munosabat bilan, respublikamizda rasmiy dilerlar va servis markazlari soni keskin oshganligi hamda iste’molchilarning rasmiy dilerlar bilan ishlash amaliyoti joriy etilganligini inobatga olib, 2025-yil 2-sentabrdan avtomobillarni Piskent avtopoligonida sinovdan o‘tkazish amaliyoti to‘xtatiladi.

Ma’lumot o‘rnida, yurtimizga import qilinayotgan avtomobillarning sifati va xavfsizligini ta’minlash doimiy nazorat qilinib, amaldagi talablarga ko‘ra nomuvofiqliklar aniqlanganda, iste’molchilardan e’tirozlar kelib tushganda ushbu avtomobillarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

O‘z o‘rnida yurdoshlarimizga avtomobil xaridini rasmiy dilerlar orqali amalga oshirishlari tavsiya etiladi.

✅ Mahsulotlar sertifikatlarini onlayn tekshirish imkoniyati yaratildi✅Endilikda sertifikatlarning haqiqiyligini onlayn t...
30/08/2025

✅ Mahsulotlar sertifikatlarini onlayn tekshirish imkoniyati yaratildi

✅Endilikda sertifikatlarning haqiqiyligini onlayn tekshirish yanada qulay bo‘ldi. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan yangi ishga tushirilgan Telegram-bot yordamida foydalanuvchilar mahsulot sertifikatlarini bir necha soniyada tekshirishi mumkin. Qidiruv PINFL, tashkilotning STIR raqami yoki sertifikatning reyestr raqami bo‘yicha amalga oshiriladi.

✅Mazkur xizmatning joriy etilishi aholiga va tadbirkorlarga soxta mahsulotlardan himoyalanish, shuningdek rasmiy davlat reyestriga asoslangan aniq va ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini beradi.

Address

Tashkent
100049

Opening Hours

Monday 09:00 - 13:00
14:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 13:00
14:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 13:00
14:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 13:00
14:00 - 18:00
Friday 09:00 - 13:00
14:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi:

Share

"Ўзстандарт" агентлиги

Ўзбекистон стандартлаштириш, метрология ва сертификатлаштириш агентлиги ("Ўзстандарт" агентлиги) стандартлаштириш, метрология ва сертификатлаштириш соҳасидаги вазифаларни ҳал қилиш учун махсус ваколат берилган Ўзбекистон Республикасининг давлат бошқарув органи ҳисобланади. “Ўзстандарт” агентлиги ўз фаолиятини амалдаги Қонунчиликка кўра бевосита ва қуйи тизим ташкилотлари орқали амалга оширади.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Маҳсулотлар ва хизматларнинг стандартлаштириш, метрология ва сертификатлаштириш тизимини такомиллаштириш сҳора-тадбирлари тўғрисида” 2004 йил 3 августдаги 373-сонли қарорига асосан “Ўзстандарт” агентлигининг асосий вазифалари қуйидагилардан иборат:

"Стандартлаштириш тўғрисида", "Метрология тўғрисида", "Маҳсулотлар ва хизматларни сертификатлаштириш тўғрисида"ги Ўзбекистон Республикасининг қонунлари амалда рўёбга чиқарилишини таъминлаш;

стандартлаштириш, метрология, сертификатлаштириш, халқаро стандартларни, шу жумладан сифатни бошқариш тизими бўйича халқаро стандартларни қўллаш асосида маҳсулотлар сифатини ва уларнинг рақобатбардошлилигини ошириш соҳасида ягона давлат сиёсатини амалга ошириш;