Vatandosh Turkiye

Directions Website

Vatandosh Turkiye Turkiyadagi vatandoshlar hayoti

🇹🇷 Turkiya böylab keng kölamli reyd: 230 noqonuniy migrant uşlandiTurkiyaning 81 viloyatida noqonuniy migratsiyaga qarşi...
28/09/2026

🇹🇷 Turkiya böylab keng kölamli reyd: 230 noqonuniy migrant uşlandi

Turkiyaning 81 viloyatida noqonuniy migratsiyaga qarşi keng kölamli tekşiruvlar ötkazildi, deya xabar qildi İçki işlar vazirligi.

🔎 Tekşiruvlar davomida 279 575 kişinin hujjatlari tekşirildi. Natijada 230 nafar noqonuniy migrant hamda migrantlarni noqonuniy olib ötiş bilan şuğullanişda gumon qilingan 19 nafar şaxs uşlandi.

👮 Reydlarda 15 905 nafar xodim va 5 011 ta guruh qatnaşib, jami 7 334 ta joy tekşirildi.

✈️ Uşlangan noqonuniy migrantlarni mamlakatdan çiqariş jarayoni boşlangan.

Vatandosh Turkiye

28/09/2026

🇹🇷 Istanbulda kuchli jala: uylar va yö‘llarni suv bosdi, 25 kişi evakuatsiya qilindi

27-sentyabr oqşomida Istanbulning bir neça tumanida momaqaldiroqli kuchli yomğir yağdi. Köçalarda suv töplanib, ayrim uylar, dökonlar va avtoturargohlarni suv bosdi.

D-100 avtomagistralida suv sababli avtomobillar harakati qiyinlaşib, YTHlar sodir böldi.

Zinjirlikuyuda yerosti yö‘lagi suv ostida qolgani sababli transport harakati uçun yopildi va ayrim avtobuslar qatnovni amalga oşira olmadi.

Fatih tumanining Zeyrek mahallasida yö‘lning bir qismi öpirilib, hosil bölgan çuqurga yengil avtomobil va yuk maşinasi tüşib ketdi. Mahalliy aholi transport vositalarini çiqarishga yordam berdi.

Eyüpsultonda esa jaladan söng yer köçki sodir böldi. Xavfsizlik maqsadida yaqin atrofdagi binodan 25 kişi evakuatsiya qilindi. Bino va hududni qöşimça tekşiriş rejalashtirilgan.

🚂 Afsonaviy “Şarq ekspressi” yana Istanbulga keladiMashhur Venice Simplon-Orient-Express yana Istanbulga yo‘l olmoqda. T...
26/09/2026

🚂 Afsonaviy “Şarq ekspressi” yana Istanbulga keladi

Mashhur Venice Simplon-Orient-Express yana Istanbulga yo‘l olmoqda. Turkiya Transport va infratuzilma vazirligi ma’lumotiga köra, poyezd 30-sentyabr kuni shaharga yetib keladi.

Poyezd Parij — Istanbul yo‘nalişida Germaniya, Avstriya, Vengriya, Ruminiya va Bolgariya orqali harakatlanadi. U 30-sentyabr kuni soat 08:00 da Turkiyaga kirib keladi, soat 17:40 da esa Istanbuldagi Bakırköy vokzaliga yetib boradi.

Yo‘lovçilar tüşirilgandan söng poyezd Halkalıga yo‘l oladi va u yerda ikki keça qoladi. 2-oktyabr kuni soat 12:00 da Orient Express Bakırköy vokzalidan qayta yo‘lga çiqadi.

Bu afsonaviy poyezdning 2026-yilda Turkiyaga ikkinçi safari. Birinçi qatnov may oyi oxirida amalga oşirilgan edi.
Bundan taşqari, oktyabr oyida Istanbul yana uçta maxsus turistik poyezdni qabul qiladi: ulardan ikkitasi Parijdan, bittasi esa Rimdan keladi.

🇹🇷 Turkiyaga Bolqondan sovuq va yoğinli havo kirib kelmoqda: Istanbulda ham kuçli yomğir kutilmoqdaTurkiya Meteorologiya...
26/09/2026

🇹🇷 Turkiyaga Bolqondan sovuq va yoğinli havo kirib kelmoqda: Istanbulda ham kuçli yomğir kutilmoqda

Turkiya Meteorologiya boş boshqarmasi mamlakatning köp hududlarida kuçli yoğin-soçin kutilayotgani haqida ogohlantirdi.

Bolqon yarimorolidan kirib kelayotgan sovuq va yoğinli havo oqimi Istanbul va boshqa bir qator viloyatlarda bir neça kun davomida öz ta’sirini körsatadi.

🌧 26-sentyabr kuni Trakiya, Ğarbiy Örta yer dengizi, Markaziy va Şarqiy Qora dengiz sohillari, Istanbulning şimoliy qismi, Çanakkalening şarqi, Balıkesirning şimoli, Afyonkarahisarning ğarbi, Vanning janubi va şarqi hamda Hakkari atrofida kuçli yomğir yoğişi prognoz qilinmoqda.

Istanbulda esa yakşanba va duşanba kunlari momaqaldiroqli yomğir, seşanba kuni kuçli jala kutilmoqda. Havo harorati asta-sekin pasayib, 30-sentyabr kuni 12–16 darajagacha tüşişi mumkin.

Mutaxassislar kuçli yoğin paytida yuzaga kelişi mumkin bölgan suv toşqini, çaqmoq va kuçli şamol kabi xavflardan ehtiyot bölişga çaqirmoqda.

🇹🇷 Turkiyada benzin 1-oktyabrdan 12,5 liragaça qimmatlaşişi mumkinTurkiyada 1-oktyabrdan benzin narxiga bir litr uçun qa...
25/09/2026

🇹🇷 Turkiyada benzin 1-oktyabrdan 12,5 liragaça qimmatlaşişi mumkin

Turkiyada 1-oktyabrdan benzin narxiga bir litr uçun qariyb 12,48 TL qo‘şilişi mumkin. Bunga yoqilği narxining ösişini çeklaş uçun qo‘llanayotgan eşel mobil tizimining yakunlanişi sabab bölişi kutilmoqda.

Tizimning 1-oktyabrdan bekor qilinişi haqidagi qaror iyul oyida qabul qilingan.

Hozir benzinga 4,43 TL ÖTV (maxsus iste’mol soliği) qo‘llanmoqda. Yangi qaror bö‘lmasa, bu miqdor 14,83 TLga çiqişi kutilmoqda.

ÖTVdagi 10,40 TL farqqa QQS ham qo‘şilsa, benzin narxi 12,48 TLgaça qimmatlaşişi mumkin. Hozirça bu miqdordagi zam yakuniy tasdiqlangan narx emas.

⛽️ Hozir İstanbulning Yevropa qismida benzin litri qariyb 80,40 TL. Agar kutilayotgan ösiş töliq aks etsa, narx 92,9 TL atrofida bölişi mumkin.

🇹🇷 Turkiyada oyiga 780 TLdan köp elektr sarflaganlar köproq tölaşi mumkin2027-yildan Turkiyada elektr energiyasi uchun d...
25/09/2026

🇹🇷 Turkiyada oyiga 780 TLdan köp elektr sarflaganlar köproq tölaşi mumkin

2027-yildan Turkiyada elektr energiyasi uchun davlat kömagi qoidalari özgarişi mumkin. Natijada elektrni belgilangan çegaradan köp işlatadigan xonadonlarning tölovi qimmatroq hisoblanadi.

⚡ Hozirda xonadonlar uchun çegara yiliga 4 000 kVt·soat. Bu miqdordan köp elektr işlatganlar uchun davlat töłovning bir qismini qoplaşni töxtatadi va ular elektr uchun köproq pul tölaydi.

2027-yildan bu çegarani 3 000–3 500 kVt·soatgacha tuşiriş masalasi körib çiqilmoqda. Yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, uning oktyabr oyida e’lon qilinişi kutilmoqda.

Ayrim xabarlarda bu oyiga taxminan 780 TLlik elektr sarfiga töğri kelişi aytilmoqda. Biroq 780 TL rasmiy çegara emas — hisob-kitobda asosiy mezon yillik elektr iste’moli hisoblanadi.

Agar yangi tartib tasdiqlansa, hozirgidan köp xonadon elektr uchun qimmatroq narxda tölaşi mumkin.

🇹🇷 Turkiyada soxta bitimlar orqali fuqarolik olganlar işi: yangi tafsilotlar ma’lum böldiAvval xabar berganimizdek, İsta...
25/09/2026

🇹🇷 Turkiyada soxta bitimlar orqali fuqarolik olganlar işi: yangi tafsilotlar ma’lum böldi

Avval xabar berganimizdek, İstanbulda köçmas mulk oldi-sotdisi orqali noqonuniy tarzda Turkiya fuqaroligini oliş bilan boğliq yirik iş tergov qilinmoqda.

Tergov ma’lumotlariga köra, ayrim xorijliklar fuqarolik uçun talab qilinadigan mablağni amalda özlari tölamagan, pul vositaçilar yoki sotuvçilar tomonidan ta’minlangan. Şuningdek, köçmas mulk qiymatini sun’iy ravishda yuqori körsatuvçi ekspertiza xulosalaridan foydalanilgani aniqlangan.

🔴 Mazkur sxema orqali jami 1070 kişi Turkiya fuqaroligini olgani aniqlangan. Ularning 263 nafari investor, 807 nafari esa ularning oila a’zolari. 1015 kişi fuqarolik qarori çiqqan vaqtda, yana 55 nafar bola esa keyinçalik fuqarolik olgan. Ularning fuqaroligini bekor qiliş böyiça ma’muriy jarayon boşlangan.

💰 Tergovda soxta bitimlar hajmi 72,25 mln dollar ekani qayd etilgan. 2011 ta köçmas mulk, 86 ta transport vositasi, 2 ta yaxta, 42 ta bank hisobraqami va 30 ta kompaniyaga nisbatan çoralar körilgan.

📌 Yana bir muhim raqam: İçki işlar vazirligi ma’lumotiga köra, investitsiya orqali fuqarolik oliş jarayonlari böyiça ötkazilgan umumiy tekşiruvlarda hozirgaça 1413 investor va ularning oila a’zolari — jami 6134 kişinin Turkiya fuqaroligi bekor qilingan yoki qaytarib olingan.

🇹🇷 Turkiyada 2015-yildan keyin tuğilganlarga sigareta sotish umrbod taqiqlanishi mumkinTurkiyada tamaki mahsulotlariga q...
24/09/2026

🇹🇷 Turkiyada 2015-yildan keyin tuğilganlarga sigareta sotish umrbod taqiqlanishi mumkin

Turkiyada tamaki mahsulotlariga qarshi yangi çoralar tayyorlanmoqda. 1-yanvar 2015-yildan keyin tuğilganlarga umr davomida sigareta va boshqa tamaki mahsulotlarini sotishni taqiqlash taklif qilinmoqda.

Qonun loyihasini oktyabr oyida parlamentga taqdim etish rejalashtirilgan.

Takliflar orasida:
▪️ 2040-yildan keyin Turkiyada tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni butunlay tugatish;
▪️ slim sigaretalarni muomaladan chiqarib, standart formatga ötish;
▪️ oçiq joylardagi çekish hududlarini tashqaridan körinmaydigan tarzda tashkil etish ham bor.

Hozircha bu qoidalar kuchga kirgani yöq — ular tayyorlanayotgan qonun loyihasidagi takliflar hisoblanadi.

🇹🇷 Şanlıurfada 5,4 magnitudali zilzila yuz berdiBugun, 24-sentyabr kuni soat 10:40 da Turkiyaning Şanlıurfa viloyatida k...
24/09/2026

🇹🇷 Şanlıurfada 5,4 magnitudali zilzila yuz berdi

Bugun, 24-sentyabr kuni soat 10:40 da Turkiyaning Şanlıurfa viloyatida kuçli zilzila qayd etildi.

AFAD ma’lumotiga köra, zilzila epitsentri Karaköprü tumanida joylaşgan. Zilzila magnitudasi 5,4, o‘çoq çuqurligi esa 7,39 kilometrni taşkil etgan.

🌍 Yer silkinishi Şanlıurfa bilan birga Diyarbakir, Gaziantep, Adiyaman, Elaziğ va Malatya kabi qo‘şni viloyatlarda ham sezilgan.
Kandilli rasadxonasi esa zilzila magnitudasini 5,8 deb baholagan.

🔎 Hozirça jiddiy talafot yoki jabrlanganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmadi. Hududda tekşiruv işlari davom etmoqda.

🇹🇷 Turkiyada har 10 kişidan 8 nafarining maoshi oy oxiriga yetmayaptiTurkiyada ötkazilgan yangi tadqiqot aholining oylik...
24/09/2026

🇹🇷 Turkiyada har 10 kişidan 8 nafarining maoshi oy oxiriga yetmayapti

Turkiyada ötkazilgan yangi tadqiqot aholining oylik daromadi qayerga va qançalik tez sarflanayotganini körsatdi. Hopi Pulse tadqiqoti 2026-yil avgustida 1 500 nafar Hopi foydalanuvçisi orasida ötkazilgan.

💸 Natijalarga köra, qatnaşçilar oylik olişi bilan:
— 71 foizi avvalo ijara, kommunal tölovlar, kredit yoki kredit karta qarzlarini tölaydi;
— 17 foizi oziq-ovqat va boşqa asosiy ehtiyojlarga pul ajratadi.

Demak, har 100 kişidan 88 nafari oylik tüşişi bilan pulini majburiy tölovlar va asosiy ehtiyojlarga sarflaşga boşlaydi. Oylikdan birinçi navbatda jamğarma yoki investitsiya uçun pul ajrata oladiganlar esa atigi 8 foiz.

📉 Oylik qançaga yetadi?

Tadqiqotga köra, 25 foiz qatnaşçining oyligi birinçi haftadayoq tugaydi. Umuman olganda, 76 foizning puli oy tugamasidan bitadi. Ya’ni, har 10 kişidan qariyb 8 nafari oyligini oy oxirigaça yetkaza olmaydi.

Ayollar orasida oyligi birinçi 7 k***a tugaydiganlar ulushi 31 foiz, erkaklarda esa 21 foizni taşkil qilgan.

🛍 Majburiy xarajatlardan keyin qolgan pulni şaxsiy ehtiyojlarga sarflaşda kiyim-keçak 49 foiz bilan birinçi örinda, taşqarida ovqatlaniş esa 13 foiz bilan ikkinçi örinda turibdi.

Address

Istanbul Türkiye
Istanbul
34000

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Vatandosh Turkiye posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share