Yukchi bolla KR

Yukchi bolla KR Koreyadan O'zbekistonga ✈️ Aviachiptalar
📦 Aviapochtalar

Koreya Iqtisodiyot va Moliya Vazirligining ma'lum qilishicha, shu yilning iyun oyidan boshlab mamlakat odamlarga kelib c...
18/02/2023

Koreya Iqtisodiyot va Moliya Vazirligining ma'lum qilishicha, shu yilning iyun oyidan boshlab mamlakat odamlarga kelib chiqishi to'g'risidagi hech qanday hujjatlarsiz $100.000 gacha bo'lgan miqdordagi valyutani xorijga yuborishga ruxsat beradi

Vazirlik ushbu qarorni hozirgacha amalda bo'lgan $50.000 lik miqdor joriy qilingan 1999-yildan beri Janubiy Koreyaning iqtisodiyoti sezilarli darajada o'sgani va chet el kapitalining chiqib ketishini tartibga solishga qaratilgan siyosatga ehtiyoj kamaygani bilan izohladi.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, Janubiy Koreyaning valyuta zaxiralari 2022-yil dekabrida 423,2 milliard dollarga yetgan va bu covid-19 pandemiyasining dastlabki bosqichida 2020-yil fevralida qayd etilgan 409,2 milliard vondan oshgan.

Manba



Yuk jo'natish va Apostil xizmati (hujjat O'zbekistonga jo'natish shart emas)

Tel: 01086967277

VATANDOSHLAR BILAN UCHRASHUV!Mamlakatimizning Seul shahridagi elchixonasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvan...
15/02/2023

VATANDOSHLAR BILAN UCHRASHUV!

Mamlakatimizning Seul shahridagi elchixonasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi va  "Koreyadagi o'zbekistonliklar" uyushmasi Yoju Chet elliklar markazi bilan hamkorlikda Yoju shahrida vatandoshlarimiz bilan uchrashuv tashkil etmoqda!

Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz!

Tadbir vaqti: 2023 yil 18 fevral 11:00 dan 13:00ga qadar

Manzil: 경기도 여주시 여흥로 109번길 15 동방빌딩 6층

Ma’lumot uchun:
070-8873-6250
010-6780-5101
Yoju Chet elliklar markazi

manba: tashqi mehnat migratsiyasi



Yuk jo'natish va Apostil xizmati (hujjat O'zbekistonga jo'natish shart emas)

Tel: 01086967277

Bir guruh yurtdoshimiz E-9 ishchi vizasi asosida Koreya Respublikasiga yetib bordi.Yurtdoshlarimiz Inchon aeroportida Ta...
14/02/2023

Bir guruh yurtdoshimiz E-9 ishchi vizasi asosida Koreya Respublikasiga yetib bordi.

Yurtdoshlarimiz Inchon aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Inson resurslarini rivojlantirish xizmati xodimlari tomonidan kutib olindi.

manba: tashqi mehnat migratsiyasi



10500 wondan Yuk jo'natish uchun va Apostil xizmati (hujjat O'zbekistonga jo'natish shart emas)

Tel: 01086967277

Zilzila qurbonlari soni 33 mingdan oshgani sababli Turkiya pudratchilarni tekshirmoqdaTurkiya hukumati 6-fevraldagi kuch...
13/02/2023

Zilzila qurbonlari soni 33 mingdan oshgani sababli Turkiya pudratchilarni tekshirmoqda

Turkiya hukumati 6-fevraldagi kuchli zilzilalarda qulagan binolarga aloqador bo‘lgan pudratchilarni nishonga olmoqda
Turkiya janubi-sharqida va Suriya shimolida to‘qqiz soatlik farq bilan sodir bo‘lgan 7,8 va 7,5 magnitudali zilzilalar qurbonlari soni 33,185 nafarga yetdi va qidiruv guruhlari ko‘proq jasadlarni topishi bilan ortishi aniq edi. 

Turkiya Adliya vaziri Bekir Bo‘zdag‘ning ma’lum qilishicha, zilzilalarga bardosh bera olmagan binolar qurilishida ayblangan 131 kishi tergov ostida. Zilzilalar kuchli bo'lsa-da, Turkiyada ko'pchilik vayronagarchilikning ko'payishida noto'g'ri qurilishni ayblaydi.

manba: koreatimes



Yuk jo'nqtish va Apostil xizmati

Tel: 01086967277

Imtihon sanasi eʼlon qilindi!Yangi E-9lar uchun imtihon qachon boʻlishi haqidagi savollar koʻp tushayapti!Odatda yangi E...
12/02/2023

Imtihon sanasi eʼlon qilindi!
Yangi E-9lar uchun imtihon qachon boʻlishi haqidagi savollar koʻp tushayapti!

Odatda yangi E-9lar imtihoni 1 yilda 1~2-marta boʻlib utadi.
👉KOREA HRD tomonidan boshqariladigan rasmiy EPS TOPIK saytidagi maʼlumotga qaraganda Oʻzbekistonda yangi E-9lar uchun imtihon sanasi belgilangan.

🧐Oʻzingiz ham EPS TOPIK rasmiy sayti orqali tekshirib tursangiz boʻladi. linkni bosing

https://eps.hrdkorea.or.kr/epstopik/home/main/mainPage.do?lang #



Manba Rano opa

10.500 wondan Yuk jo'natish uchun va Apostil xizmati ☞
Tel: 01086967277

Koreyaning turli hudularidan jo'natilib yig'ilgan Turkiyadagi jabrlanganlar uchun yuboriladigan yordamBu mahsulotlar Inc...
11/02/2023

Koreyaning turli hudularidan jo'natilib yig'ilgan Turkiyadagi jabrlanganlar uchun yuboriladigan yordam

Bu mahsulotlar Inchon shahridagi 영종도 (Yeongjongdo oroli) da joylashgan omborga yig'ilgan. 2023-yil 10-fevral.
manba: 연합뉴스

Eslatib o'tamiz, Turkiyaga yordam uchun:

Kerakli mahsulotlani yubormoqchi bo'lganlar quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin:
인천시 중구 자유무역로 107 번길 20, 304-306 호
Tel:  010-8146-5291
jo'natmangiz ustiga  "Aid Material / Türkiye" deb yozib qo'ying!

Koreya Musulmonlari Federatsiyasi tomonidan yig'ilayotgan pullik yordam uchun:
Xisob raqami-  026401-04-291029
KB 국민은행 - KukminBank 
예금주 - qabul qiluvchi:  (재)한국이슬람교
Ushbu xisobga xayriya yig'ish muddati: 2023-yil 8-fevraldan ~ 22-fevragacha.

Koreyadagi Turkiya elchixonasi tomonidan yig'ilayotgan pullik yordam uchun:
Xisob raqami-  920-910004-89105
하나은행 - HanaBank
예금주 - qabul qiluvchi:  주한튀르키예대사관 ( EMBASSY OF THE REPUBLIC OF TURKEY AFAD earthquake relief

Manba Azcity

Keksalar uchun bepul transport imtiyozlari isloh qilinadiYuk jo'natish va Apostil xizmati uchun010-8696-7277Seul meri O ...
06/02/2023

Keksalar uchun bepul transport imtiyozlari isloh qilinadi

Yuk jo'natish va Apostil xizmati uchun
010-8696-7277

Seul meri O Se Xun juma kuni shahar hukumati aholining keksayib borayotgani va poytaxt metrosi operatorining o'sib borayotgan qarzini bartaraf etish uchun jamoat transportida yo'l haqi tizimini isloh qilish, jumladan, keksalar uchun jamoat transportida bepul imtiyozlarni qisqartirish imkoniyatini muhokama qilishini aytdi.

Bu e'lon janubdagi Tegu shahri metrodan bepul foydalanish uchun minimal yoshni hozirgi 65 yoshdan 70 yoshga ko'tarish masalasi ko'rib chiqilishini e'lon qilganidan bir kun o'tib paydo bo'ldi.



10.500 wondan Yuk jo'natish uchun va Apostil xizmati ☞
Tel: 01086967277

Koreya korrupsiya darajasi pastligi bo'yicha jahonda 31-o'rinda AviaCargo va Apsotil xizmatiTransparency International t...
04/02/2023

Koreya korrupsiya darajasi pastligi bo'yicha jahonda 31-o'rinda


AviaCargo va Apsotil xizmati

Transparency International tashkilotining 31-yanvarda e’lon qilingan ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil uchun Janubiy Koreya korrupsiya darajasining pastligi (CPI indeksi) bo'yicha 180 davlat orasida 31-o‘rinni egalladi. Koreya bu safar, 100 ballik reytingda 63 ball to‘plab 2021-yilga nisbatan bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilgan.

Korrupsiya darajasini baholash indeksi 1995-yildan beri tuziladi. Indeksni aniqlashda xalqaro moliyaviy ekspertlar va inson huquqlari tashkilotlari ishtirok etadigan bir nechta mustaqil so'rovlar natijalari hisobga olinadi. Reytingda qanchalik ko'p ball to'plansa, shunchalik korrupsiya darajasi past deb baholanadi.

Ro‘yxatda Daniya (90 bal) 1-o‘rinni egalladi. 2-3-o'rinlarda  Finlandiya hamda Yangi Zellandiya (87 baldan), 4-Norvegiya (84bal), 5-o'rinda yana bir Skandinaviya mamlakati - Shvetsiya egallagan.

Osiyo mamlakatlari orasida Singapur (Shvetsiya bilan birgagilkda 5-o'rin, 83 bal),  Hongkong (12-o'rin, 76 bal), Yaponiya (18-o'rin, 73 bal) va Tayvan (25-o'rin, 68 bal) Koreyadan yuqori o'rinlarni egalladi. O'zbekiston 31 bal bilan 126-o'rinda qayd etilgan.

10.500 wondan Yuk jo'natish uchun va Apostil xizmati

Tel: 01086967277

31 yanvar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida 148 nafar fuqarolarimiz Koreya Respublikasiga i...
01/02/2023

31 yanvar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida 148 nafar fuqarolarimiz Koreya Respublikasiga ishlash maqsadida yetib keldi.

Barchalariga omad tilaymiz!!!

10.500 wondan Yuk jo'natish uchun

Tel: 01086967277

Bugundan boshlab Koreyada yopiq joylarda ham niqob taqish majburiyati bekor qilindiBular:✅ madaniyat muassasalari ✅ spor...
30/01/2023

Bugundan boshlab Koreyada yopiq joylarda ham niqob taqish majburiyati bekor qilindi

Bular:
✅ madaniyat muassasalari
✅ sport inshootlari: fitnes markazlari va suzish havzalari
✅ savdo majmualari
✅ umumiy ovqatlanish joylari
✅ barcha darajadagi ta’lim muassasalari
✅ keksalar uchun kunduzgi dam olish maskanlari
✅ shuningdek, shifoxonalarning va qariyalar uylarining bir kishilik yotoqxonalarida niqob taqish shart emas.

😷 Qariyalar uylari
😷 sog'liqni saqlash muassasalari
😷 dorixonalar
😷 jamoat transporti kabi yuqori xavfli muassasalarda niqob taqish majburiyligicha qoladi.

Ochiq havoda niqob taqish majburiyati o‘tgan yilning sentyabr oyida bekor qilingan edi. Mana endi, 2020-yil oktyabr oyida joriy etilganidan 27 oy o'tib oxirgi karantin cheklovi bekor qilinmoqda.

Karantin organlari covid-19 belgilari paydo boʻlganda, shuningdek, kasallangan odam bilan aloqada boʻlganlar uchun niqob taqishni qatʼiy tavsiya qiladi. Virus borligi tasdiqlaganlar uchun o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilish majburiyati saqlanib qoladi.

10.500 wondan Yuk jo'natish uchun

Tel: 01086967277

Mahalliy banklar mijozlarning takroriy talablaridan keyin bir yarim yil ichida birinchi marta 9:00 dan 16:00 gacha bo'lg...
29/01/2023

Mahalliy banklar mijozlarning takroriy talablaridan keyin bir yarim yil ichida birinchi marta 9:00 dan 16:00 gacha bo'lgan o'zining odatiy ish vaqtini tiklaydi



Juma kuni moliya sektoridagi manbalarga ko'ra, banklar o'z filiallariga ularni ish vaqtini qayta o'zgartirishga tayyorlash bo'yicha tegishli ko'rsatmalar bergan. Ularga, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi banklar, Seuldan tashqari hududlarda joylashgan banklar va omonat kassalari kiradi.

Ayni paytda, banklar 2021-yil iyul oyidan boshlab ya'ni, pandemiya davrida qat’iy ijtimoiy ajratish choralari ko‘rilgan paytdan beri soat 9:30 dan 15:30 gacha ishlamoqda. Ammo dushanba kunidan boshlab, yopiq joylarda niqoblardan majburiy foydalanish “majburiy”dan "tavsiya"ga o'zgargani uchun endi pandemiyadan oldingi odatdagi ish vaqtiga qaytadilar.

Iste'molchilar guruhlari jamiyat hayoti odatdagi normal holatga qaytayotgan bir vaqtda banklarning qisqartirilgan ish vaqtida ishlashi davom etayotganini tanqid qilib keladi.
KBS WORLD

10.500 wondan Yuk jo'natish uchun

Tel: 01086967277

Address

서울 중구 을지로 6가 35-1
Seoul

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Yukchi bolla KR posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Yukchi bolla KR:

Share